Yordam

Qisqa koʻrsatmalar va koʻp soʻraladigan savollar.

Matn tarjimasi

  1. Matnni chapdagi maydonga yozing yoki qoʻying. Yozuvi oʻzi aniqlanadi.
  2. Tepada kerakli alifboni tanlang: Öz — yangi alifbo, Ўз — kirill, O‘z — hozirgi lotin.
  3. Natija oʻngda darhol chiqadi. Nusxa olish uni formatlashi bilan oladi — Word yoki Google Docsʼga qoʻysangiz, qalin va kursiv joyida qoladi.
  4. Word (.docx) tugmasi faylni yuklab beradi. Yonidagi koʻrsatkich — boshqa formatlar: .odt, .rtf, .html, .md, .txt va chop etish orqali PDF.

Raqamlar, havolalar, e-pochta manzillari va qoʻshtirnoqlar oʻzgarmaydi. Matn oʻgirish uchun Harfsoz serveriga yuboriladi, shuning uchun internet kerak.

Sozlamalar

Qoʻshtirnoqlar
Odatda qoʻshtirnoqlarga tegilmaydi. Kerak boʻlsa, hammasini bitta turga keltirish mumkin: « », “ ” yoki „ “.
Apostrof (oʻ, gʻ va tutuq belgisi)
oʻ, gʻ va tutuq qaysi belgi bilan yozilishi. Odatiy (‘ ’) — koʻp shriftlarda chiroyli chiqadi; rasmiy (ʻ ʼ) — qonunda belgilangan; klaviaturadagi (') — oddiy apostrof.
Heshteglar
Telegram uchun qulay: #yangilik qoladi, yoniga oʻgirilgani qoʻshiladi — eski heshteg boʻyicha qidiruv buzilmaydi. Xohlasangiz, heshtegga tegmaslik yoki oddiy soʻzdek oʻgirish mumkin.
Ruscha matn
Kirill matn ichidagi ruscha gap va iboralar oʻgirilmaydi. Oʻchirsangiz, ular ham lotinga oʻtadi.
Xorijiy nomlar lotin yozuvida qolsin (Microsoft, YouTube)
Microsoft, YouTube, iPhone kabi nomlar kirillga oʻtkazilmaydi.
Jamoaviy lugʻat
Tahririyat yoki jamoa uchun umumiy soʻzlar roʻyxati: qaysi soʻz qanday yozilishi. Batafsil.
Faqat matn
Yoqilsa, boshqa joydan qoʻyilgan matn formatlashsiz tushadi.

Fayllar tarjimasi

  1. Fayllar sahifasida alifboni tanlang.
  2. Fayl yoki butun jildni maydonga tortib keling yoki Faylni tanlash tugmasini bosing.
  3. Har bir faylni alohida yoki hammasini bitta .zip arxivda yuklab oling. Hisobot — qaysi soʻzlar lotinda qolgani va tekshirish kerak boʻlgan joylar.

Qaysi fayllar oʻgiriladi

FaylNima oʻgiriladi
Word
.docx .docm .dotx
Matn, jadvallar, izohlar, sharhlar, kolontitullar. Shrift, uslub va rasmlar oʻzgarmaydi.
Excel
.xlsx .xlsm
Matnli kataklar, sharhlar, diagramma yozuvlari. Formulalar va raqamlarga tegilmaydi.
PowerPoint
.pptx .ppsx
Slaydlar va maʼruzachi izohlari. Maket va rasmlar oʻzgarmaydi.
OpenDocument
.odt .ods .odp
Matn, kolontitullar, izohlar, matnli kataklar.
EPUB, FB2
.epub .fb2 .fbz
Boblar, mundarija, kitob nomi va muallif, izohlar. Rasmlar oʻzgarmaydi.
RTF, HTML, Markdown
.rtf .html .xml .md
Matnning oʻzi. Teglar, havolalar va kod bloklari oʻzgarmaydi.
Subtitrlar
.srt .vtt .ass
Subtitr matni. Vaqt va raqamlar oʻzgarmaydi.
Matn va maʼlumot
.txt .csv .json .tex
Matn, CSV kataklari, JSON qiymatlari, LaTeX matni. Buyruq va formulalarga tegilmaydi.
Tarjima fayllari
.po .xliff .resx .strings .yaml
Faqat tarjima qatorlari. Asl matn, kalitlar va {0}, %s kabi oʻrinbosarlar oʻzgarmaydi.
PDF, eski Word, Kindle
.pdf .doc .mobi .azw3
Faqat matn olinadi va .txt yoki .docx qilib beriladi. Sahifa koʻrinishi saqlanmaydi.
ZIP
.zip
Arxiv ichidagi har bir qoʻllanadigan fayl.
  • Skanerlangan PDF va rasmlardagi matn tanilmaydi. Eski .xls va .ppt fayllarni avval .xlsx, .pptx qilib saqlang.
  • Parol yoki DRM bilan himoyalangan fayllar ochilmaydi.
  • Fayl brauzeringizda ochiladi va yigʻiladi; serverga faqat uning matni oʻgirish uchun boradi.

Word qoʻshimcha dasturi

  1. Ilovalar sahifasidan oʻrnatuvchini yuklab oling va oching: Mac uchun Harfsoz-Setup-Mac.dmg, Windows uchun Harfsoz-Setup-Windows.exe. Yoki oʻsha sahifadagi buyruqdan nusxa oling: Macʼda Terminalga, Windowsʼda PowerShellga qoʻying va Enter bosing.
  2. Wordʼni qayta oching — tasmada Harfsoz yorligʻi paydo boʻladi.
  3. Matnni belgilang yoki hech narsa belgilamang (shunda butun hujjat oʻgiriladi) va kerakli alifbo tugmasini bosing.
  4. Natija yoqmasa — panelda Bekor qilish.

Administrator huquqi kerak emas. Oʻchirish buyrugʻi oʻsha sahifada.

Telegram-bot

  1. @harfsozbot ni oching va Start bosing.
  2. Matn yoki fayl yuboring — bot oʻgirilganini qaytaradi. Alifbo va sozlamalar — bot menyusida.
  3. Kanal uchun: botni kanalga admin qiling («Xabarlarni tahrirlash» huquqi bilan) — yangi postlar oʻzi oʻgiriladi.

Kanalni oʻzim oʻgiraman

Premium emojili eski postlarni bot oʻgira olmaydi. Ularni Kanal sahifasida oʻz Telegram akkauntingiz bilan oʻgirasiz: kirasiz, kanalni tanlaysiz, avval natijani koʻrasiz, keyin tasdiqlaysiz.

Xavfsizlik

Akkauntim xavfsizmi?
Ha. Kirish Telegramning oʻz usuli bilan boʻladi. Kod, parol va sessiya faqat shu brauzerda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi — biz ularni koʻrmaymiz va saqlamaymiz.
Sahifa nima qila oladi?
Faqat siz tanlagan kanaldagi postlarni tahrirlaydi — natijani koʻrib, tasdiqlaganingizdan keyin. Shaxsiy yozishmalaringizni oʻqimaydi, hech kimga xabar yubormaydi.
Qanday chiqaman?
Sahifadagi Chiqish tugmasi seansni Telegramda ham tugatadi va brauzerdagi hamma narsani oʻchiradi. Yana bir yoʻli: Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → Harfsoz Web seansini tugatish.
Telegram meni bloklab qoʻymaydimi?
Harfsoz Telegram cheklovlariga rioya qiladi: postlarni sekin, bittadan tahrirlaydi, Telegram kutishni soʻrasa — kutadi. Bir kunda juda koʻp post boʻlsa, ishni bir necha kunga boʻling.
Telegram «yangi qurilmadan kirildi» deb yozdi
Bu odatiy holat: Telegram har bir yangi kirish haqida shunday xabar beradi. Qurilmalar roʻyxatida u Harfsoz Web deb koʻrinadi.
Postlar matni qayerga boradi?
Oʻgirish uchun Harfsoz serveriga — faqat matnning oʻzi. Server uni saqlamaydi va jurnalga yozmaydi.

Batafsil — Maxfiylik siyosati.

Brauzer kengaytmasi

  1. Ilovalar sahifasidan Chrome/Edge yoki Firefox uchun arxivni yuklab oling va oching.
  2. Chrome: chrome://extensions, Edge: edge://extensions sahifasini oching.
  3. Developer mode ni yoqing va Load unpacked orqali ochilgan jildni tanlang.
  4. Matnni belgilab, sichqonchaning oʻng tugmasi → Harfsoz. Yoki Alt+Shift+K.

Firefox: about:debugging → This Firefox → Load Temporary Add-on → arxivdagi manifest.json. Doʻkonlarga joylangach, oʻrnatish bir bosishda boʻladi.

Terilma (klaviatura)

Yangi alifbo harflarini toʻgʻridan-toʻgʻri yozish uchun. Yuklab olish va oʻrnatish — Terilma sahifasida.

Boshqa terilmalarda Word yopilib qolardi. Bunda-chi?

Bunday holat koʻpincha terilmaning nomi va identifikatorida ö, ç kabi harflar boʻlganda yoki oʻrnatuvchi tizim keshlarini tozalab, terilmani oʻzi yoqqanda kuzatilgan. Harfsoz terilmasi Apple talablari boʻyicha toʻliq paket (.bundle) sifatida oʻrnatiladi, tili aniq koʻrsatilgan — oʻzbek (lotin), identifikatori faqat oddiy lotin harflarida; oʻrnatuvchi tizim keshlariga tegmaydi, terilmani oʻzi yoqmaydi va hech qanday qoʻshimcha dastur ishga tushirmaydi. Har bir tugma va qatlam avtomatik tekshiriladi.

« » qoʻshtirnoqni qanday yozaman?

Shift+, → « va Shift+. → » (rus terilmasidagi Б va Ю tugmalari). Boshqalari: Option+Shift+, / . → “ ”; Option+9 / 0 → ‘ ’; Option+, / . → < >; oddiy " — Shift+`.

Terilmalar oʻrtasida qanday almashaman?

Mac: fn / 🌐, Control+Space yoki menyu satridagi belgi. Windows: Win+Space yoki Alt+Shift.

Joriy lotin yozuvi (oʻ, gʻ) va tutuq belgisi-chi?

Tutuq belgisi ʼ (yangi alifbo) — ` tugmasida. Joriy lotin uchun: Option+9 → ‘ (o‘), Option+0 → ’; rasmiy belgilar: Option+Shift+9 → ʻ, Option+Shift+0 → ʼ. Tayyor matnni bir yozuvdan boshqasiga Harfsoz oʻgiradi.

⌘C, Ctrl+V kabi buyruqlar ishlaydimi?

Ha. ⌘ (Mac) va Ctrl (Windows) bilan barcha buyruqlar odatiy US joylashuvida: ⌘+Z, Ctrl+C, Ctrl+[ va boshqalar.

Qanday oʻchiraman?

Mac: harfsoz-terilma-uninstall.command faylini ishga tushiring (yoki /Library/Keyboard Layouts/Harfsoz.bundle ni savatga tashlang), soʻng tizimdan chiqib qayta kiring. Windows: Settings → Apps → Installed apps → Harfsoz terilma → Uninstall.

Yangi alifbo harflari

Hozirgi lotinÖzbekçaЎзбекча
Oʻ oʻÖ öЎ ў
Gʻ gʻĞ ğҒ ғ
Sh shŞ şШ ш
Ch chÇ çЧ ч
ʼ ’ 'ʼъ

API

Dasturchilar Harfsozni oʻz loyihasiga HTTP orqali ulashi mumkin. Tavsif va misollar — API sahifasida.

Maxfiylik

  • Matn oʻgirish uchun Harfsoz serveriga yuboriladi va javob qaytgach unutiladi: saqlanmaydi, jurnalga yozilmaydi, hech kimga berilmaydi.
  • Fayllar brauzeringizda ochiladi va yigʻiladi; serverga faqat matni boradi.
  • Kanal sahifasida Telegram sessiyasi, kod va parol faqat brauzeringizda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi.
  • Sozlamalar va oxirgi matn shu brauzerning oʻzida saqlanadi. «Texnik jurnal» ham shu yerda turadi va faqat siz yuborsangiz bizga keladi.

Toʻliq matn — Maxfiylik siyosati.

Biror narsa ishlamasa

Natija chiqmayapti
Internet aloqasini tekshiring: matn serverda oʻgiriladi. «Server band» degan yozuv chiqsa, bir necha soniyadan keyin oʻzi qayta urinadi.
Baʼzi soʻz notoʻgʻri oʻgirildi
Soʻzni va qanday boʻlishi kerakligini bizga yozing (pastda — aloqa) — lugʻatga qoʻshamiz. Jamoangiz uchun darhol kerak boʻlsa, jamoaviy lugʻatdan foydalaning.
Fayl ochilmadi
Fayl turi roʻyxatda borligini tekshiring. Parolli, DRM bilan himoyalangan va skanerlangan fayllar oʻgirilmaydi.
Wordʼda matn yaponcha shriftda chiqdi
Fayllar sahifasida Fayl sozlamalari → «Wordʼdagi yapon shriftini tuzatish» ni yoqib, faylni qayta oʻgiring.
Qoʻshtirnoqlar oʻzgarib qoldi
Sozlamalar → «Qoʻshtirnoqlar» → Oʻzgartirilmasin ni tanlang. Odatda ularga tegilmaydi.
Xato haqida qanday xabar beraman?
Sahifa pastidagi Texnik jurnal → Jurnalni yuklab olish. Faylni Telegramda @abdullohhamidullohbot ga yoki harfsoz@abdulloh.org manziliga yuboring: unda matningiz toʻliq yoʻq, faqat boshidagi bir necha soʻz.

Biz bilan bogʻlaning

Taklif, savol yoki xato haqida yozing — javob beramiz. Telegram: @abdullohhamidullohbot. E-pochta: harfsoz@abdulloh.org.