Kanalni oʻzim oʻgiraman

Premium emojili postlarni bot oʻgira olmaydi. Bu yerda ularni oʻz Telegram akkauntingiz bilan oʻgirasiz — emoji ham, formatlash ham joyida qoladi.

1. Telegramga kirish

  1. Telefoningizda Telegramni oching
  2. Sozlamalar boʻlimiga kiring
  3. Qurilmalar ni tanlang
  4. Qurilmani ulash tugmasini bosing
  5. Shu yerdagi QR kodni skanerlang
Boshqa usul:

Kod, parol va sessiya faqat shu brauzerda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi. Batafsil — pastdagi «Xavfsizlik» boʻlimida.

Savollar

Postda nima oʻzgaradi?

Faqat harflar. Premium emoji, formatlash, havolalar, heshteglar, qoʻshtirnoqlar va rasmlar joyida qoladi. Ruscha va tugmali postlarga tegilmaydi.

Nega sekin ishlaydi?

Telegram oddiy akkauntlarga postlarni tez-tez tahrirlashga ruxsat bermaydi. Harfsoz ataylab sekin ishlaydi va soʻralsa kutadi — akkauntingiz xavfsiz boʻlishi uchun.

Yangi postlar-chi?

Yangi postlarni @harfsozbot oʻgiradi — uni kanalga admin qiling. Premium emojili yangi postlarni keyinroq shu yerda oʻgirasiz.

Xavfsizlik

Akkauntim xavfsizmi?

Ha. Kirish Telegramning oʻz usuli bilan boʻladi. Kod, parol va sessiya faqat shu brauzerda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi — biz ularni koʻrmaymiz va saqlamaymiz.

Sahifa nima qila oladi?

Faqat siz tanlagan kanaldagi postlarni tahrirlaydi — natijani koʻrib, tasdiqlaganingizdan keyin. Shaxsiy yozishmalaringizni oʻqimaydi, hech kimga xabar yubormaydi.

Qanday chiqaman?

Sahifadagi Chiqish tugmasi seansni Telegramda ham tugatadi va brauzerdagi hamma narsani oʻchiradi. Yana bir yoʻli: Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → Harfsoz Web seansini tugatish.

Telegram meni bloklab qoʻymaydimi?

Harfsoz Telegram cheklovlariga rioya qiladi: postlarni sekin, bittadan tahrirlaydi, Telegram kutishni soʻrasa — kutadi. Bir kunda juda koʻp post boʻlsa, ishni bir necha kunga boʻling.

Telegram «yangi qurilmadan kirildi» deb yozdi

Bu odatiy holat: Telegram har bir yangi kirish haqida shunday xabar beradi. Qurilmalar roʻyxatida u Harfsoz Web deb koʻrinadi.

Postlar matni qayerga boradi?

Oʻgirish uchun Harfsoz serveriga — faqat matnning oʻzi. Server uni saqlamaydi va jurnalga yozmaydi.

Batafsil — Maxfiylik siyosati.