Harfsoz terilma

Yangi alifbo uchun maxsus terilma: Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va tutuq belgisi endi bitta bosishda yoziladi. Qolgan barcha harflar siz oʻrgangan odatiy oʻrnida saqlab qolindi. macOS va Windows uchun mutlaqo bepul.

ö ğ ş ç — oʻz tugmasida, katta harf Shift bilan. « » — Shift+, va Shift+.

Yuklab olish

macOS

macOS 10.13 va yangiroq, Apple Silicon va Intel. .pkg — barcha foydalanuvchilar uchun (administrator paroli soʻraladi). .dmg ichida parolsiz «faqat men uchun» varianti ham bor.

Windows 10 / 11

Windows 10 va 11: x64, ARM64 va 32-bit. Oʻrnatuvchi terilmani oʻzbek (lotin) tiliga qoʻshadi. .zip — DLL fayllar, PowerShell skriptlari va MSKLC uchun .klc.

Raqamli imzo yoʻq: birinchi ochishda tizim bir marta soʻraydi (pastda koʻrsatma bor). Ukelele va MSKLC uchun manba fayllar: .keylayout, .klc.

Klaviatura xaritasi

Terilma namunasi: yangi alifbodagi matn tugmalarda qanday teriladi

Harfsoz terilma — Özbekça `ʼ"‘~11!22@™€33#£№44$₽¢55%‰66^ˆ77&§88*•°99(‘ʻ00)’ʼ--_–—==+≠±⌫TabqQwWeE´rR®tTyYuUüÜiIıİoOpP[öÖ[{]ğĞ]}\;:\|Caps LockaAsSdDfFgG©hHjJkKlL;şŞ…'çÇ'`EnterShiftzZxX×cCvVbBnN˜mM,,«<“..»>”//?÷ShiftCtrlOption · Alt⌘ · Win⍽⍽⌘Option · AltGrCtrl

Rangli tugmalar — yangi harflar va qoʻshtirnoqlar. Kursivdagi belgi — «oʻlik» tugma: undan keyin harf bosiladi (masalan, Option+E, soʻng E → é). ⍽ — boʻlinmas boʻshliq. Windowsʼda Option oʻrniga AltGr (oʻng Alt) yoki Ctrl+Alt.

Barcha tugmalar jadvali
USOddiyShiftOption · AltGrOption · AltGr + ShiftCaps Lock
`ʼ"‘~
ISOʼ"‘~
11!——
22@™€
33#£№
44$₽¢
55%‰—
66^ˆ—
77&§
88*•°
99(‘ʻ
00)’ʼ
--_–—
==+≠±
QqQ——✓
WwW——✓
EeE´—✓
RrR®—✓
TtT——✓
YyY——✓
UuUüÜ✓
IiIıİ✓
OoO——✓
PpP——✓
[öÖ[{✓
]ğĞ]}✓
\;:\|
AaA——✓
SsS——✓
DdD——✓
FfF——✓
GgG©—✓
HhH——✓
JjJ——✓
KkK——✓
LlL——✓
;şŞ…—✓
'çÇ'`✓
ZzZ——✓
XxX×—✓
CcC——✓
VvV——✓
BbB——✓
NnN˜—✓
MmM——✓
,,«<“
..»>”
//?÷—
Space␣␣NBSPNBSP

Oʻrnatish

macOS

  1. .pkg faylini oching. Ochilmasa: faylni Control bilan bosing → Open.
  2. Oʻrnatib boʻlgach tizimdan bir marta chiqib qayta kiring (Apple → Log Out) — macOS yangi terilmani shundan keyin koʻradi. Soʻng: System Settings → Keyboard → Text Input → Input Sources → Edit…
  3. + → Uzbek (oʻzbek tillari guruhi, kirill va afgʻon oʻzbek terilmalari yonida) → Özbekça — Harfsoz → Add.
  4. Almashish: fn / 🌐 yoki Control+Space; menyu satrida Öz belgisi chiqadi.

macOS 15 va yangiroq: «tekshirib boʻlmadi» degan oyna chiqsa — System Settings → Privacy & Security → pastda Open Anyway. Fayl shunchaki raqamli imzosiz.

Windows 10 / 11

  1. Harfsoz-terilma-Setup.exe ni oching va Yes ni bosing (administrator huquqi kerak).
  2. Oʻrnatuvchi terilmani Uzbek (Latin) tiliga qoʻshadi. Almashish: Win+Space yoki vazifalar panelidagi til belgisi.
  3. Roʻyxatda boʻlmasa: Settings → Time & language → Language & region → Uzbek (Latin) → Language options → Add a keyboard. Baʼzan kompyuterni qayta yoqish kerak.

SmartScreen «Windows protected your PC» desa — More info → Run anyway. Oʻchirish: Settings → Apps → Installed apps → Harfsoz terilma → Uninstall.

Savollar va javoblar — Yordam boʻlimida.