=== Harfsoz — Özbekça · Ўзбекча · O‘zbekcha ===
Contributors: abdullohukr
Tags: uzbek, transliteration, cyrillic, latin, alphabet
Requires at least: 5.8
Tested up to: 7.1
Requires PHP: 7.0
Stable tag: 2026.10.29.0055
License: GPLv2 or later
License URI: https://www.gnu.org/licenses/gpl-2.0.html

O‘zbek matni lotin, kirill va 2026 yilgi yangi lotin (Özbekça) alifbosida: maqolalarni muharrirda o‘giring, tashrif buyuruvchilar esa alifboni o‘zlari tanlasin.

== Description ==

O‘zbek tili ikki alifboda — lotin va kirillda yoziladi, 2026 yilgi OʻRQ-1184 qonuni bilan esa yangi lotin alifbosi
(Özbekça: Ö Ğ Ş Ç) keladi. Harfsoz matnni shu uch yozuv o‘rtasida ehtiyotkorlik bilan o‘giradi:

* **faqat harflar o‘zgaradi** — formatlash, havolalar, rasmlar va qo‘shtirnoqlar « » “ ” " aynan o‘z holicha qoladi;
* murakkab holatlar hisobga olingan: *yo‘l / йўл*, *as’hob / асҳоб*, *sentabr / сентябрь*, *ye / е*, *ts / ц*,
  KATTA HARFLAR va Bosh Harfli So‘zlar, rim raqamlari, bosh harflar (initsiallar);
* chet so‘zlar, brend nomlari, havolalar va e-pochta manzillari lotinda qoladi (Google, YouTube, Apple Music);
* katta o‘zbek matnlari korpusidan tuzilgan istisnolar lug‘ati (Harfsoz serverida).

**Blok muharririda** **Harfsoz** yon panelini oching (yuqori o‘ngdagi belgi) va tanlangan bloklarni yoki butun
maqolani — sarlavha, matn, izohlar, jadvallar, ro‘yxatlar va qisqacha mazmunni — o‘giring. Har bir blokning
asboblar panelida ham **Harfsoz** tugmasi bor. Bir bosish — bitta bekor qilish qadami.

**Klassik muharrirda** «Add Media» yonida **Özbekça · Ўзбекча · O‘zbekcha** tugmalari turadi. Ular tanlangan matnni,
hech narsa tanlanmagan bo‘lsa — butun maqolani o‘giradi (Visual va Text yorliqlarida).

**Saytda** tashrif buyuruvchilar alifboni o‘zlari tanlaydi:

* `[harfsoz]` qisqa kodi — maqolada, sahifada yoki «Shortcode» blokida;
* **Harfsoz: yozuvni o‘zgartirgich** vidjeti;
* yoki har bir sahifaning burchagidagi tugmalar (Sozlamalar → Harfsoz).

Sahifa tashrif buyuruvchining brauzerida almashtiriladi (o‘girishni sayt Harfsoz serveridan so‘raydi va natijani
o‘zida keshlaydi), tanlov bir yil davomida cookie faylida saqlanadi va saytning barcha sahifalariga qo‘llanadi.
Ma’lumotlar bazasidagi maqolalaringiz sayt tomonida hech qachon o‘zgarmaydi.

**Sozlamalar → Harfsoz:** tashrif buyuruvchilar avval nimani ko‘radi (matn qanday yozilgan bo‘lsa shunday yoki
alifbolardan biri), muharrirdagi asosiy alifbo, apostrof (o‘ / oʻ / o'), qo‘shtirnoqlar (o‘zgarmasin, « », “ ”, „ “)
va inglizcha so‘zlar lotinda qolishi.

Shuningdek: Microsoft Word uchun qo‘shimcha, Google Docs uchun ilova, Chrome, Edge va Firefox kengaytmalari hamda
Adobe InDesign uchun plagin mavjud.

== External services ==

O‘girish qoidalari va lug‘atlar Harfsoz serverida turadi, shuning uchun plagin **Harfsoz API** xizmatiga
(https://harfsoz.uz/api/v1/plan) murojaat qiladi:

* **muharrirda** — siz Harfsoz tugmasini bosganingizda tanlangan bloklar yoki maqola matni (sarlavha, qisqacha mazmun
  bilan) saytning o‘ziga (`/wp-json/harfsoz/v1/plan`) yuboriladi, sayt esa uni sozlamalar (yozuv, apostrof,
  qo‘shtirnoq, chet so‘zlar, rus tili, heshteglar) bilan Harfsoz serveriga `wp_remote_post` orqali yuboradi;
* **saytda** — tashrif buyuruvchi yozuvni tanlaganda sahifa matnlari saytning o‘ziga (`/wp-json/harfsoz/v1/plan`)
  yuboriladi, sayt esa ularni Harfsoz serveriga `wp_remote_post` orqali yuboradi va natijani transient sifatida
  keshlaydi (bir xil matn qayta so‘ralmaydi). Tashrif buyuruvchining IP manzili Harfsoz serveriga yuborilmaydi.

Matn faqat o‘girish uchun ishlatiladi va serverda saqlanmaydi. Xizmat shartlari va maxfiylik siyosati:
https://harfsoz.uz/privacy.html

== Installation ==

1. Plugins → Add New → «Harfsoz» ni qidiring → Install → Activate (yoki `harfsoz.zip` ni yuklang).
2. Maqolada: Harfsoz yon paneli (blok muharriri) yoki muharrir ustidagi tugmalar (klassik muharrir).
3. Tashrif buyuruvchilar uchun: `[harfsoz]` yoki vidjetni qo‘shing, yoki Sozlamalar → Harfsoz da burchakdagi tugmalarni yoqing.

== Frequently Asked Questions ==

= Matnim biror joyga yuboriladimi? =

Faqat o‘girish uchun Harfsoz serveriga (harfsoz.uz) yuboriladi va u yerda saqlanmaydi (yuqoridagi «External services»
bo‘limiga qarang). Internet bo‘lmasa, plagin buni o‘zbekcha xabar bilan aytadi va matn o‘zgarmaydi.

= Tashrif buyuruvchi alifboni almashtirsa, maqola ma’lumotlar bazasida o‘zgaradimi? =

Yo‘q. Saytda faqat tashrif buyuruvchining ko‘rinishi o‘zgaradi. Muharrirda maqola faqat siz tugmani bosib, saqlaganingizdan keyin o‘zgaradi.

= Ba’zi so‘zlar o‘girilmasligi kerak. =

Ularni `harfsoz-skip` yoki `notranslate` klassli (yoki `translate="no"`) elementga joylang. Kod, oldindan
formatlangan matn va forma maydonlari hech qachon o‘girilmaydi.

= Sahifalarni keshlash bilan ishlaydimi? =

Ha. Sahifa brauzerda almashtiriladi, shuning uchun keshlangan sahifa hamma uchun bir xil. O‘girish natijalari
saytning o‘zida (transient) bir hafta saqlanadi; muddatni `harfsoz_cache_ttl` filtri bilan o‘zgartirish mumkin.

== Screenshots ==

1. Blok muharriridagi Harfsoz yon paneli.
2. Saytdagi alifbo tugmalari.
3. Sozlamalar sahifasi.

== Changelog ==

= 1.0.0 =
* Birinchi versiya: blok muharriri paneli va asboblar paneli tugmasi, klassik muharrir tugmalari, qisqa kod, vidjet, burchakdagi tugmalar, sozlamalar.

== Credits ==

Istisnolar lug‘ati Leipzig Corpora Collection so‘z chastotalaridan (Uzbek community 2017, Uzbek Wikipedia 2021,
© Leipzig University, CC BY 4.0) va Ulugbek Salaev hamda Elmurod Kuriyozov UzTransliterator (MIT License) so‘z
ro‘yxatlaridan tuzilgan; inglizcha so‘zlar ro‘yxati Hermit Dave FrequencyWords (MIT License) dan olingan.
